Chiroyli dizayn va qulay foydalanishni xush ko’ruvchilar uchun Huawei kompaniyasi o’zining yukqa ekranli Huawei MateBook X noutbukini taqdim etdi.

IMKONIYATLARI:

  • Huawei MateBook X vazni atigi bir kilogramm va yupqa alyuminiy va magniy bilan qoplangan. Qurilmaning kattaligi A4 varag’ining o’lchamidan oshmaydi.
  • 42 Wt-s akkumulyatori to’qqiz soat davomida hujjatlar bilan ishlashga yoki Full HD videoni ko’rishga yetadi. 60 Vt Type-S toifali quvvat manbaini cho’ntakda olib yursa ham bo’ladi.
  • Ichkarida 1,6 gigagertsli soat tezligi (Turbo rejimida — 4,2 gigagertsgacha) va 16 Gb tezkor xotiraga ega o’ninchi avlod Intel Core i5 to’rt yadroli protsessori mavjud.
  • 13 dyumli 3K sensorli displeyning nisbati 3: 2 ga teng — standart 16: 9 dan ko’proq ma’lumotni ko’rish mumkin. Noutbuk ekrani nihoyatda ingichka, shu sababli veb-kamera klaviaturaga o’rnatilgan.

  • Klaviatura to’liq o’lchamdagi, orqa yoritilgan va kichik tugmachali harakatga ega. Sensorli panelda aloqa uchun tezkor tebranish funksiyalari mavjud.
  • Huawei Share funksiyasi noutbukni telefon bilan bog’lanishini osonlashtiradi. “Multiscreen” rejimida smartfonni noutbuk ekranida boshqarish mumkin — masalan, fayllarni almashish va hatto kiruvchi qo’ng’iroqlarni qabul qilish kabi.
  • Quvvat tugmasi tez va xavfsiz ishga tushirish uchun o’rnatilgan barmoq izlari skaneriga ega.

Avvalroq Spot, Huawei aqlli yo’llar tizimini ishlab chiqayotganligi haqida xabar bergan edi.