IT Park Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo‘yicha AQSH Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolarining Frontend dasturlash, Backend dasturlash, grafik va veb dizayn kabi katta talabga ega IT yo‘nalishlarida har tomonlama ta’lim olishiga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda.

Surxondaryo viloyatining O‘zbek-afg‘on markazi uchun o‘quv dasturini joriy etish doirasida IT Park xodimlari hamda mazkur Markaz rahbariyati va talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IT Park axborot xizmati xabar beradi. Unga ko’ra markazda o’rganuvchilar uchun o’quv kurslari tashkil etiladi.

Kurslar haqida batafsil ma’lumot:

Frontend dasturlash

O‘quv dasturi Frontend’ni noldan o‘rganishga qaratilgan. Kurs ishtirokchilari to‘laqonli Frontend dasturchilari bo‘lishlari uchun barcha zarur bilimlarni o‘zlashtiradilar.

Kurs quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi:

— HTML;

— CSS;

— JavaScript;

— VUE.JS;

— GIT;

— React.

Backend dasturlash

Frontend bor joyda, Backend ham bo‘ladi. Kurs Backend’ni noldan boshlab chuqur o‘rganishga qaratilgan.

Kurs quyidagi modullarni oz ichiga oladi:

— Python;

— Jango;

— ORM;

— SQL;

— GIT.

Grafik dizayn

Ushbu kurs davomida o‘quvchilar grafik dizayn asoslari, vektorli grafiklar, Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw va shu kabi boshqa dasturlarni o‘rganib boradilar.

Kurslar Axborot texnologiyalari sohasida bilimga ega bo‘lmagan O‘zbek-avg‘on markazi o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Har bir kurs yakunida kamida bitta portfel loyiha ishlab chiqiladi.

Kurslarning davomiyligi: 4 oy

Mashgulotlarning intensivligi: haftasiga 3 marta

Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan oquvchilarga bilimlarini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.

Avvalroq Spot, Xorazmda IT Parkning filiali ochilishi haqida ma’lumot bergan edi.