Toshkentda Afg’oniston, Pokiston va O’zbekiston o’rtasida uch tomonlama uchrashuv o’tkazildi. Unda Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atma va Pokiston Bosh vazirining savdo va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud ishtirok etishdi.

Videokonferensaloqa orqali so‘z olgan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (AQSH) kabi yirik xalqaro moliya institutlarining rahbarlari yirik loyiha qurilishini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv davomida “Mozori-Sharif — Kobul — Peshavor” temir yo‘lining qurilishi bo’yicha yo’l xaritasi imzolandi.

Taklif etilayotgan 573 km temir yo’l O’zbekiston poytaxti Toshkentni Afg’oniston poytaxti Kobul orqali Pokistonning shimolidagi Peshovar bilan bog’lash uchun o’rnatiladi. Uch mamlakat o’tgan oyda trans-afg'on temir yo’l loyihasi uchun xalqaro moliya institutlaridan 4,8 milliard dollar kredit olish to’g’risida qo’shma bitim ham imzolandi. Bu ma’lumotlarga Turkiyaning Anadolu Agency o’z e’tiborini qaratdi.

Ma’lumot:Temiryo'l qurilishi O’zbekistonning Peshovar orqali Hind okeani chiqishi va dengiz orqali savdo aloqalari rivojini ta’minlashi kerak.