OSON yanvar oyida 1 mln $ pul aylanmasini yo’qotganligi haqida uning CEO direktori Farhod Mahmudov xabar bermoqda.

Uning ta’kidlashicha, bunday holat, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki tomonidan hamkor QIWI va ЮMoney kompaniyasiga dekabr oyida berilgan, norezidentlar hamyonlariga mablag‘ o‘tkazishni to‘xtatib turish maqsadidagi farmoyishi bilan bog‘liq.

“Biz har ikkala tizim jamoalari bilan yil davomida bir nechta loyiha ishlab chiqib, ulardan bir qismini muvaffaqiyat bilan ishga tushirib yubordik. Yanvar oyida ЮMoney dan OSON hamyonini to’ldirishni ishga tushirish niyatida edik. Vaholanki bu, chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qiluvchi, frilanserlar uchun eng talab qilinayotgan mahsulot edi” — deydi Farhod Maxmudov

Maxmudovning fikricha, fintex biznes qonunchilikdan o’zib ketganligi sababli, texnologiya sohasidagi me’yorlarning inqirozi yuz bermoqda.

“Ushbu xavf-xatarlarda — men uchun eng katta biznes-drayv mavjud. Sen o’ylab loyihani ishlab chiqasan, moliyaviy integratsiyani ikir-chikirigacha o‘ylab chiqasan, soft ustida bosh qotirasan. Texnologiyalar, hamda boshqaruv imkoniyatlarining eng nozik qirralarida ish yuritasan. Tez orada tiklanamiz. Jamoamiz buning ustida ishlamoqda” — deya fikriga yakun yasadi.