Rossiya riteyl tarmog’i brendi Fix Price London fond birjasida birlamchi ommaviy aksiyalarni o’tkazishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Moskva birjasida ikkinchi darajali listing rejalashtirilgan, deya xabar beriladi VTimes ma’lumotida.

IPO brend ta’sischilari bo’lgan Luncor Overseas S.A., LF Group DMCC, Samonico Holdings Ltd va GLQ International Holdings Ltd (Goldman Sachs Group kompaniyasiga tegishli) kompaniyalarining xalqaro depozitar kvitansiyalarini sotuvga chiqarishga imkon beradi.

“Fix Price” ning ta’sischi aksiyadorlari IPO o’tkazilgandan so’ng kompaniyaning sezilarli ulushini saqlab qoladilar. Aksiyalarni joylashtiruvchi tashkilotchilar sifatida BofA Securities, Citigroup, JPMorgan, Morgan Stanley va “ВБТ Капитал” tayinlandi.

Ma’lumot uchun: Fix Price do’konlari tarmog’i 2007-yilda tashkil etilgan. Hozirga kelib tarmoq doirasida 4200 dan ortiq do’kon ishlaydi, do’kondagi mahsulotlar narxi 250 rubldan oshmaydi. O’zbekistonga Fix Price tarmog’i o’tgan yilning sentyabr oyida kirib kelgan edi.

Global depozitariy kvitansiyasi — bu kompaniyalar tomonidan yagona vosita sifatida o’z faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag' to’plash uchun ishlatiladigan muzokarali vositadir. Depozitariy bank xorijiy korxonadagi aksiyalar sonini aks ettiruvchi kvitansiyalarni berish uchun javobgardir. GDR kvitansiyasiga ega bo’lgan har qanday shaxs kvitansiyani bankka saqlash orqali kvitansiyani mulkchilik birligiga (ulushlarga) o’zgartirishi mumkin.