IT Park yangi inkubatsiya va akseleratsiya dasturi haqida e’lon qildi. Ushbu dasturdan o‘tganlar o‘z startap loyihalarini tayyorlashlari va investorlarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin.

Dastur 3 oyga mo‘ljallangan va sizning startap loyihangizni quyidagi bonuslar bilan ta’minlaydi:

  • Qulay ofis.
  • Professional mentorlar bilan ishlash.
  • Yuridik maslahat.
  • Buxgalteriya yordami.
  • Muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan faol aloqa.
  • Biznes tadbirlariga cheklanmagan kirish imkoniyati.

Akseleratsiya dasturi loyihani qo‘llab-quvvatlab, asosiy maqsadlarga — mablag‘ topish va loyihani haqiqiy biznesga aylantirishga yo‘naltiradi.

Mentorlarning o‘zlaridan biznes tajribalarini olish orqali startap loyihasining faol rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga:

  • mahsulotni intellektual mulk sifatida rasmiylashtirish;
  • investitsiya maydoniga kirish;
  • marketing ko‘magini olish;
  • keng hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.

Ro‘yxatdan o‘tish 4 martgacha ochiq.