Binance birjasida bitkoinning narxi tarixda birinchi marotaba $50 000 dan oshdi.

Kriptovalyutaning narxi 2021 yil fevral oyida bir necha bor rekordlarni yangiladi va birinchi bor $50 000 darajasidan oshdi.

Bir necha yil avval qiymati $1 dan kamroq turgan kriptovalyuta 2021 yilda 73% ga ko’tarildi va bunga quyidagi mashhur kompaniyalar bilan bog’liq yangiliklar sabab bo’lishi mumkin.

Mastercard bitcoin kriptovalyutasi bilan ishlashi haqida ma’lumot berdi, va shu qatorda AQShning kapitalizatsiya bo’yicha katta banklaridan biri — Morgan Stanley bitcoin valyutasiga investitsiya kiritishini ma’lum qildi.

Dunyoning eng katta startap loyihasi, Uber bitcoin valyutasi bilan ish yuritishga tayyor ekanligini kompaniya bosh ijrochi direktori Dara Khosrowshahi ma’lum qildi.

O’zbekistonda bitcoin va boshqa kripto-aktivlar savdosi haqida Spot xabar bergan edi.