Eronning “Gharavi Chemical Industries Group” kompaniyasi vakillari Farg’ona viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqida O’zA agentligi xabar beradi.

Uchrashuvda O’zbekistonga investitsiya kiritish borasida ishlab chiqilgan biznes-loyiha bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Loyiha doirasida uch bosqichda $ 15,2 mln miqdorida investitsiya kiritilib, ichki bozor, qolaversa, MDH davlatlari va Yevropaga eksport qilish uchun kimyoviy o‘g‘itlar, chorva ozuqasi uchun biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqariladi. Buning uchun “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidan joy ajratish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 12 turdagi korxonani birlashtirgan “Gharavi Chemical Industries Group” kompaniyasi 40 turdan ortiq mahsulotlarini dunyoning 20 ga yaqin mamlakatiga eksport qiladi.