Toshkent shahridagi Amiti universiteti dunyoning yetakchi IT kompaniyalaridan biri — Huawei kompaniyasi bilan anglashuv memorandumni imzoladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Hamkorlik doirasida Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalariga Huawei ning “Seeds for the future” global miqyosiga ega loyixasida katnashish imkoniyati yaratildi. Loyixada iqtidorli talabalarning kompaniya bosh shtab kvartirasida amaliyot o‘tashlari rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, talabalar bilan tajriba va bilim almashish uchun seminarlar, amaliyotlar, biznes uchrashuvlar o‘tkazish kabi muhim rejalar ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Spot, Toshkentda xususiy Diplomat University ochilishi haqida xabar bergan edi.