Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarda O‘zbekistonda 2021-yilning fevral oyi holatiga ko‘ra, 130 ta tabiiy monopoliya subyekti mavjud.

2020-yil bilan taqqoslaganda mamlakatdagi tabiiy monopoliya subyektlari soni birtaga kamaydi.

Chiqarilgan: Jizzax viloyatidagi Dashtobod temir yo’l uchastkasi MChJ hamda Toshkent shahridagi South-West Terminal MChJlar tomonidan temir yo’l xizmatlari ko’rsatmatyotganligi sababli reestrdan chiqarildi.

O’zgartirilgan: Toshkent shahridagi Toshkent davlat transport universiteti nomi o’zgarganligi sbabli reestrga kiritilgan.

Tabiiy monopoliya — tovar bozoridagi shunday holatki, unda texnologik xususiyatlarga ko‘ra ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketishi munosabati bilan muayyan turdagi tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan talabni qondirishning raqobatga asoslangan sharoitni yaratib bo‘lmaydi yoki bunday sharoitni yaratish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.

Spot ilgari tabiiy monopoliyalar soni keskin o’zgargani haqida yozgan edi.