Clubhouse Android dasturi uchun mobil ilovasi ustida ishlashni boshladi — deya xabar beradi CNBC.

Buning uchun ilova Android dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisini yo’lladi. Mopewa Ogundipe 2014-yildan boshlab mashhur Instagram ilovasini Android dasturi ustida ishlaydi.

“Agar siz meni bilsangiz, ehtimol mening faqat IOSda ishlaydigan ilovalar haqida *fikrim* borligini bilasiz. Shuning uchun Clubhouseni Androidga o’tkazish uchun jamoaga qo’shilganimdan juda xursandman.” — dedi Ogundipe o’zining Twitter sahifasida.

Clubhouse bu — foydalanuvchilarning bir biriga obuna bo’lib, turli mavzuli “xonalarda” suhbatlar o’tkaziladigan audio ijtimoiy tarmoq. Shu vaqtgacha 6 milliondan ortiq odamlar va tashkilotlar ilovani yuklab olib foydalanmoqda.

Hozirda ilovaga faqat taklifnoma asosida kirish mumkin va u yerda faqat tinglab va gapirib bo’ladi.

Avvalroq Spot Clubhouse ilovasining audio chatlarini noma’lunm xaker oshkor qilgani haqida yozgan edi.