Vazirlar Mahkamasi № 111-sonli qaror imzoladi. Unga ko’ra, avtomobillarga yoqilg’i va gaz quyish shahobchalari qurishda davlat xizmatlari ko’rsatiladi. Bu haqida Adliya vazirligi telegram kanalida xabar beriladi.

Reglamentga ko‘ra, tadbirkorlarga mazkur xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘rsatiladi.

Buning uchun so‘rovnoma to‘ldiriladi. Shu asosda vakolatli organ 5 ish kunida loyihalarning tegishli talablarga mosligini o‘rganib chiqadi.

Loyihalarni kelishish vakolatli organning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Kelishilgan loyihalar 1 kun muddatda ariza beruvchilarga elektron shaklda yuboriladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun BHMning 30 foizi (73 500 so‘m) miqdorida, YaIDXP orqali murojaat etilganda esa ushbu summaning 90 foizi (66 150 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Vakolatli organ belgilangan muddatlarda loyihalarni kelishish yuzasidan xulosa taqdim qilmagan taqdirda, loyiha Davlat xizmatlari markazlari tomonidan avtomatik ravishda kelishilgan deb hisoblanadi.