Roskomnadzor (RKN) “Twitter"ni ko’plab qoidabuzarliklarda va taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatishda aybladi. Cheklov barcha mobil qurilmalarga va 50% statsionar qurilmalarga ta’sir qiladi. Rossiyada birinchi marta internet resursga qarshi bunday choralar ko’rilmoqda. Bu haqida RBK xabar beradi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko’ra, 2017-yildan boshlab “RKN” materiallarni olib tashlash uchun 28 mingdan ortiq so’rov yuborgan. 2021-yil 10-mart holatiga ko’ra, voyaga etmaganlar tomonidan o’z joniga qasd qilishga chaqiriqlar (2569 ta), bolalar pornografiyasi (450 ta), giyohvand moddalarni iste’mol qilish (149 ta) haqida materiallar olib tashlanmagan.

Roskomnadzor “Twitter"ga qarshi choralar ko’rayotganini e’lon qilgandan so’ng, veb-sayti ochilishni to’xtatdi. Muammolar boshqa davlat idoralari portallarida ham boshlandi.

Internet foydalanuvchilar uchun turli saytlar faoliyatini to’xtatdi. Bir qator foydalanuvchilar Davlat dumasi, Kreml va hukumat veb-saytidagi muammolar haqida xabar berishdi. Shuningdek, Tergov qo’mitasi va Moliya vazirligi kabi bo’limlarning veb-saytlari ham to’xtatildi.

“Downdetector” xizmati Rossiyadagi eng yirik aloqa operatorlaridan biri bo’lgan “Rostelekom"dagi nosozliklarni qayd etadi. 12:30 holatidagi foydalanuvchilarning 92% o’zlarining internetga ulanishidan shikoyat qilmoqdalar.