Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqida “O'zbekiston 24” telekanali xabar berdi.

Farmonga asosan, aholiga 45 000 ta uy quriladi va yangi tartibdagi ipoteka kreditlari ajratiladi. Kreditlarni ta’minlash uchun banklarga Moliya vazirligi tomonidan 8,1 mlrd so’m joylashtiriladi.

Ipoteka kreditlarining shartlari quyidagicha bo’lishi mumkin: olti oylik imtiyozli davr bilan 20 yil davomida 15% maqdoridagi dastlabki to’lov va shu bilan birga, to’lovlar ikki xil, annetit va differentsial usullarida to’lanishi mumkin.

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga dastlabki kreditlarni to’lash uchun subsidiya (10%) to’lanadi. Hokimiyaltlar 1000 ta kvartira sotib olib, ularni “ijtimoiy ijara” shaklida taqdim etishadi.

Farmonda belgilanishicha, uy-joy narxi xonalar soni bilan emas, balki kvadrat bo’yicha hisoblab chiqiladi va maksimal maydoni 70 kv.m.ni tashkil etadi. Qishloq hududlarda kvadrat uy maydoni 4 mln so’m, shaharlarda 5,2 mln so’m, Toshkentda 5,7 mln so’m etib belgilandi.

1-iyunga qadar ipoteka bozorining veb-sahifasi ishlab chiqiladi. Unda qurilayotgan uylar, subsidiyalar, sotib olish shartlari va boshqa turdagi ma’lumotlar taqdim etiladi.

Shu qatorda, uylarning narxini pasaytirish maqsadida, 2021-yil 1-oktyabrga qadar sement mahsulotlarini olib kirishda bojxona bojining 0 stavkasi qo’llaniladi.

Farmonga oid barcha ma’lumot:


Annetit kredit to’lash usuli — bu kreditni xar oy bir xil miqdordagi to’lov bilan qoplamoq.

Differentsial kredit to’lash usuli — bu boshidagi to’lov miqdori kattaroq bo’lib, keyingi to’lovlar kamayib boradi.