IT Park elektron tijorat bo‘yicha “Online Savdo” nomli ta’lim kursini tashkil qilmoqda. Bu haqda IT Park sayti xabar beradi.

IT Park O‘zbekistonda allaqachon o‘z onlayn savdosini ishga tushirgan yoki ishga tushirishni rejalashtirganlar va tadbirkorlar uchun elektron tijorat bo‘yicha “Onlayn Savdo” nomli ta’lim kursini joriy qildi.

Kursning maqsadi — internet-tijorat sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn savdoni rivojlantirishdan iborat.

Kurs 40 soatdan iborat. Uning ichida 18 soat — ma’ruza va ekspert maslahati, 22 soat esa — mustaqil ish uchun ajratilgan.

Kursni yakunlagandan so‘ng, qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz?

  • siz O‘zbekistonda savdo platformalari qay holda rivojlanayotgani haqida bilib olasiz hamda ularning ichki oshxonalari bilan tanishib chiqasiz;
  • savdo platformalaridagi huquqiy masalalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lasiz;
  • onlayn savdo maydonida marketing faoliyatini o‘rganasiz;
  • savdo platformasining logistika tizimi qanday ishlashini bilib olasiz;
  • brendli onlayn do‘konlar faoliyatini o‘rganasiz.

Kurs tili: o‘zbek va rus.

Vebinarlar Zoom platformasida bo‘lib o‘tadi, shuningdek, yozib olingan vebinarlar ePark.uz platformasiga joylashtiriladi.

Mustaqil ishlar qabuli ePark.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish bu yerda.