Spot internet tarmog’i va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan manbalar orqali siz uchun qiziq bo’lgan kitoblarni bir joyda to’pladi.

1.20 ta eng samarali onlayn sotish vositasi. Muallif: MARIA SOLODAR

Mazkur kitob sotuv sohasida qanchalik talab kuchayayotganini ko’rsatib beradi va sotuv bo’yicha eng samarali texnikalarni yoritadi.

2. Boshqaruvning Osiyocha usuli: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyada biznes qanday boshqariladi. Muallif: Sing Ong Yu

Bu kitob ishbilarmonlik madaniyati va Osiyolik hamkasblar bilan mustahkam munosabat o‘rnatishni istaganlar uchun foydali yo‘lboshlovchiga aylanadi.

3. Matryoshka. Biznesni xorijliklar bilan qanday yuritish kerak. Muallif: Endi Freka

Freka kitobxonni xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va jahon bozorida o‘z biznesini to‘g‘ri targ‘ib qilishga o‘rgatadi.

4. Spetsnas usullari bilan biznesni boshqarish. Bosh direktorga aylangan snayperning maslahatlari. Muallif: Brendon Uebb

Muallif o’z kitobida harbiy va biznes-tajribasidan kelib chiqib, har qanday vaziyatlarga moslashish va muammolarni nostandart yo‘l bilan yechish bo‘yicha maslahatlar beradi. Bu yerda “muvaffaqiyatli biznesmenlarning yetti tamoyillari” va ko‘plab tadbirkorlarning tajribasi to‘plangan.

5. “Avval barcha qoidalarni buzib tashlang: dunyoning eng yaxshi menejerlari boshqacha yoʻl tutishadi”. Muallif: Markus Bakingem, Kurt Koffman

Ushbu kitobda mahsulotni sotish va oʻz qoʻl ostidagilarning yashirin potensialini amalga oshirishni istovchi menejer va marketologlar uchun kerakli tavsiyalar oʻrin olgan.

6. Bitimlar tuzish san’ati. Muallif: Donald Tramp

Bestseller nafaqat muvaffaqiyatli bitimlarning ko’plab jonli misollarini topadigan tadbirkorlar uchun , balki bizning zamonamizning taniqli shaxslari bilan qiziqadigan odamlar uchun ham qiziqarli bo’ladi.