Rossiyaning mashhur reperi Alisher Morgenshtern o’z familiyasini mahsulot belgisi sifatida ro’yxatdan o’tkazdi. Bu haqida secretmag xabar beradi. Endi uning familiyasi ostida 15 turdagi mahsulotlar sotilishi mumkin.

Bu belgini olish uchun reper 2020-yilning noyabrida ariza bergan. Xususiy ishlab chiqarish federal institutining rasmiy saytida 23-martda Alisherga 15 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish ruxsatnomasi taqdim etilgan.

Hozircha Morgenshtern aynan qaysi mahsulot ishlab chiqarishni boshlashi haqida ma’lumotlar mavjud emas. Ammo ruxsatnoma berilgan tovarlar pardoz buyumlaridan boshlanib, ovoz yozish uskunalari, makaron va zargarlik buyumlarini o’z ichiga oladi.

Brend rus va ingliz tillarida yozilgan va unga O’rta asrlardagi jang qurollaridan biriga o’xshash logo biriktirilgan.

Avvalroq Alfa-bank Alisherni yoshlar bilan ishlash direktori lavozimiga ishga qabul qilgan edi. Unga ko’ra reper 100 mingdan ziyod yangi mijozlarni jalb qilishi kerak bo’ladi.