O‘zbekistondagi Shveysariya Konfederatsiyasi elchixonasi bilan hamkorlikda 2021−2033 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda professional ta’lim sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi e’lon qilindi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.

7-aprel kuni Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirlgida Shveysariya Konfederatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Olive Shav boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizda loyihani muvofiqlashtiruvchi tashkilot — Helvetas Swiss Intercooperation kompaniyasining mintaqaviy direktori Anna de Bir ishtirok etdi.

Helvetas Swiss Intercooperation — mustaqil Shveysariya tashkiloti bo‘lib, 1955 yilda rivojlanayotgan davlatlarga yordam ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. Hozirgi kunda u dunyodagi 32 ta mamlakat aholisining turmushini yaxshilash borasida loyihalarni amalga oshirmoqda.