Marsdagi sayohatning 60-kunida qurilmamiz sayyoradagi atmosferaning 96% qismini tashkil etuvchi karbonat angidriddan kislorod olishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda NASA. Shuningdek, mahalliy atmosferaning kislorodga aylanishi kelajakda Marsda yoqilg‘i ishlab chiqarishga imkon berishi kerakligi ta’kidlanmoqda.

“Bularning barchasi insonlarni sayyoraga yanada yaqinlashtiradi”, — deyiladi xabarda.

Business Insider-ning ta’kidlashicha, olingan kislorod miqdori 5,4 gramni tashkil etadi. Bu kosmonavt uchun kosmik kemadan tashqaridagi paytida 10 daqiqagacha yetadigan miqdor hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 18-fevral kuni Perseverance roveri yetti oylik parvozdan so‘ng Marsga qo‘ndi. U 471 million km masofani bosib o‘tib, masofadan boshqarilmasdan, avtomatik qo‘nishni amalga oshirdi. Rover yordamida olimlar birinchi tuproq namunalarini to‘plash va biologik hayot izlarini qidirishni rejalashtirmoqdalar.

Avvalroq Spot NASAning Ingenuity vertolyoti Marsda birinchi parvozini amalga oshirganligi haqida xabar bergan edi.