REvil xakerlar guruhi Apple kompaniyasiga tegishli eng yangi mahsulot chizmasini o‘g‘irlaganini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar Apple kompaniyasining asosiy pudratchisi hisoblangan Tayvanning Quanta Computer kompaniyasi tarmog‘i buzib kirilgandan keyin qo‘lga kiritilgan. Xakerlarning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlar qurilmaning raqami va texnik tasnifidan iborat bo‘lgan.

Bloomberg bergan ma’lumotga ko‘ra, xakerlar kodni ochish kalitini qaytarib berish uchun 50 million dollar so‘ragan. Xakerlar nafaqat chizmalarni o‘g‘irlagan, balki Quanta Computer tarmog‘idagi ma’lumotlarni ham kodlab qo‘ygan.

Hozircha Apple vaziyatga munosabat bildirmayapti, Quanta Computer esa muammoni hal qilish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan. Xakerlar esa muhlatni 1-maygacha belgilagani aytilmoqda.