O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish axborot tizimidagi o‘zgarishlar haqida xabar qiladi.

Xususan, 2021-yil 23-apreldan boshlab soliq bazasini tuzatish uchun asos bo‘luvchi holatlar yuzaga kelganda soliq to‘lovchilar qo‘shimcha yoki tuzatilgan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishi mumkin.

Soliq solinadigan bazani kamaytirishga qaratilgan tuzatishlar kiritish, oxirgi 12 oy davomida rasmiylashtirilgan hisobvaraq-faktura ko‘rsatkichlariga tuzatish kirituvchi manfiy ko‘rsatkichlar bilan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha hisobvaraq-fakturani taqdim etish orqali amalga oshiriladi.

Soliq to‘lovchilar uchun tegishli qulayliklar yaratish maqsadida 2021-yil 29-aprel soat 00:01 dan 30 aprel soat 23:59 gacha oxirgi 12 oy davomida u yoki bu sababga ko‘ra o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.

Bunda soliq to‘lovchilarning zimmasiga soliq bazasi va hisobga olingan QQS summasiga tuzatishlar kiritilganligi hisobiga avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish majburiyati yuklatiladi.

Oldinroq Spot, 1-apreldan boshlab hisobraqam fakturani o’tgan davr uchun shakllantirish imkoni paydo bo’lganligi haqida yozgan edi.