IT Park “Exadel” rezidenti “Java Automation QA training for Beginners” treningini boshladi. Bu haqda IT Park rasmiy sayti xabar beradi.

Trening dasturi amaliy avtomatika muhandislari tomonidan yozilgan. Ishtirokchilarni hayratlantiradigan tajriba, bilimlar konsentratsiyasi, yangi tanishlar, tafakkur egalari bilan muloqot va murabbiylarning qizg’in mulohazalari kutmoqda.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

  • ingliz tili (Intermediate va undan yuqori daraja);
  • Java bo’yicha asosiy bilim va amaliy tajriba;
  • ma’lumotlar tuzilmalari va belgilash tillari (HTML, XML, JSON) bo’yicha asosiy bilimlar.

Treningda qatnashish bepul. Treningga test orqali kirishingiz mumkin. Darslar onlayn tarzda rus tilida o’tkaziladi.

O’qish muddati — 2 oy, ma’ruza amaliy topshiriqlar bilan haftasiga 2 marta. Trening dasturi kompaniyaning amaldagi loyihalarida mavjud bo’lgan tajribaga asoslangan. Mashg’ulotlar tajribali ustozlar, “Exadel” ning yetakchi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Jarayon:

  • https://bit.ly/3tHtfuj havolasi orqali 4-mayga qadar anketa to’ldiring.
  • bir necha kun ichida sizga taklifnoma keladi. Sinov paytida xotirjamlikni saqlab bor bilimingizni ishga soling.
  • Treningga qabul qilish test natijalari asosida amalga oshiriladi.

Darslarning boshlanishi: 2021-yil 13-may. Trening yakunida ishtirokchilar ish taklifini olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Ma’lumot uchun:

“Exadel” — bu 20 yildan ortiq rivojlanish tajribasiga ega xalqaro IT-kompaniya. Kompaniya konsalting va strategiyani shakllantirishdan tortib, ishlab chiqish, sinovdan o’tkazish va qo’llab-quvvatlashgacha bo’lgan barcha xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniyada AQSh, O’zbekiston, Belorusiya, Germaniya, Polsha, Litva, Ukraina, Rossiya va Gruziyadan 1200 dan ortiq kishi ishlaydi. “Exadel"ning shtab-kvartirasi AQShning Kaliforniya shtatidagi Valnut-Krikda joylashgan.

Kompaniya haqida ko’proq ma’lumotni veb-saytda havola orqali topishingiz mumkin.