SARS COVID-19'ga qarshi kurashish bo’yicha Respublika Maxsus Komissiyasining qaroriga asosan Uzbekistan Airways Istanbul va Dehliga qatnaydigan quyidagi reyslarni bekor qiladi.

  • HY 271/272, Toshkent — Istanbul / Istanbul — Toshkent, faqat 2021-yil 26 va 31-may kunlari;
  • HY 273/274, Toshkent — Istanbul / Istanbul — Toshkent, 2021-yil 18-maydan va 31-maygacha faqat haftaning 2, 4 va 5-kunlaridagi reyslar;
  • HY 275/276, Samarqand — Istanbul / Istanbul — Samarqand, 2021-yil 17-maydan va 31-maygacha;
  • HY 277/278, Farg’ona — Istanbul / Istanbul — Farg’ona, 2021-yil 19-maydan va 31-maygacha;
  • HY 279/280, Urganch — Istanbul / Istanbul — Urganch, 2021-yil faqat 23-dan va 30-maygacha;
  • HY 421/422, Toshkent — Dehli / Dehli — Toshkent, 2021-yil faqat 14, 21 va 28-may kunlari;

Istanbulga muntazam xalqaro qatnovlar o’tgan yilning sentyabr oyidan boshlab yo’lga qo’yilgan edi. Dehliga esa muntazam qatnovlar mart oyidan qayta yo’lga qo’yilgan edi.