12-may kuni soat 20:00 da “Juniorʼs Automated Testing” onlayn konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda. Konferensiyada avtomatlashtirilgan testlarda turli xil dasturlash tillaridan foydalanish xususiyatlari va afzalliklari haqida soʻz boradi.

Shuningdek, konferensiyadan quyidagi mavzular oʻrin olgan:

  • Automated Testing;
  • Java, .NET va JavaScriptʼlarda avtomatlashtirish nyuanslarini taqqoslash;
  • EPAM avtomatizatoridan maslahatlar;
  • QA Automationʼda ishni qanday boshlash.

Konferensiyada ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.