Xitoy milliy kosmik boshqarmasi (CNSA) “Tyanven-1” kosmik apparati Marsga qo‘nganidan keyin “Chjuchjun” marsoxodida olingan fotosuratlarni namoyish qildi, deyiladi“Sinxua” agentligi xabarida.

Oq-qora tasvirli surat marsoxodning old kamerasida olingan, unda marsoxod joylashgan yer tekis, to‘siqlardan holiligi ko‘ringan.

Ikkinchi rangli tasvirdagi surat marsoxodning orqa tomonidan olingan. Unga ko‘ra, Mars sathi yaqqol ko‘ringan va bu tasvirlar boy ma’lumotlar bazasi bo‘la oladi.

Hozir “Tyanven-1” o‘zi qo‘ngan joydan harakatlanib, sayyorani tadqiq etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Avvalroq Spot, Xitoy Marsga ilk marta kosmik apparatini muvaffaqiyatli qoʻndirgani haqida xabar bergan edi.