“OTT platformasi” ishga tushdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xadjayev o’zining Fcaebookdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Teledasturlarni raqamli formatga o‘tkazgach, Internetning interaktiv xizmatlaridan keng foydalanish uchun “OTT platformasi texnologiyasi” joriy etildi.

“OTT platformasi texnologiyasi” — turli aloqa operatorlari va provayderlarning ma’lumotlarini uzatish tarmoqlari orqali foydalanuvchi qurilmasida videokontentni yetkazib berish texnologiyasidir.

Texnologiyaning joriy etilishi orqali ushbu qurilmaning mahalliy televideniye va videokontentlarni barcha mobil qurilmalarida va Smart-TVlarda O‘zbekiston hududi hamda undan tashqarida ham ko‘rish imkoniyatiga erishildi.

Joriy yil may oyida OTT platformasi test rejimda ishga tushirildi.

Internetdagi www.uztv.tv manzilida OTT platformasi orqali O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 13 ta telekanallari, ya’ni — “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston 24″, „Yoshlar“, „Navo“, „Bolajon“,"Toshkent”, “Sport”, “Oilaviy”, “Madaniyat va ma‘rifat”, “Dunyo bo‘ylab”, “Kinoteatr”, “Mahalla” va “O‘zbekiston tarixi” singari telekanallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yozuvda tomosha qilish, shuningdek O‘zTV “Oltin fondi"da saqlanayotgan va ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lgan nodir videotasvirlarni “Retro” ruknida ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan.