Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100% davlat aksiya paketlari narxlarini maksimal qiymatda, shu bilan birga kelgusida bankning moliyaviy holati barqarorligini oshirish va rivojlantirish shartlari bilan ommaviy savdolar orqali sotish rejasini eʼlon qiladi.

Xabarda aytilishicha, ushbu bitim doirasida xalqaro miqyosida tan olingan konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi kompaniyalardan “Grant Thornton” kompaniyasi kompaniyasi “Oʻzagroeksportbank” ATBni xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida tanlab olindi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonuniga asosan Bank tasdiqlangan davlat sugʻurta qoʻyilmalari dasturida ishtirok etadi, litsenziyasi bekor qilingan holda ham qoʻyilmalar summasidan qatʼiy nazar, qoʻyilmalar 100% miqdorida qaytariladi.

Ariza topshirish jarayoni salohiyatli investor mezonlariga mos tushgan barcha qiziquvchilar uchun ochiq hisoblanadi. Davlat aksiya paketlarining sotilishi raqobat asosida, barcha manfaatdor ishtirokchilar uchun ochiq ariza topshirish yondashuvi asosida amalga oshiriladi.

Davlat aksiya paketlarini sotishdan asosiy maqsad — bankning moliyaviy barqarorligini oshirish va bank tomonidan taqdim etiladigan professional bank xizmatlari turini kengaytirish shu bilan birga, bank sohasiga yoʻnaltirilgan investitsiyalar va kredit liniyalarini jalb qilishdan iborat.

Qiziqish bildirgan shaxslar batafsil ma’umot va xarid shartlarini ushbu havoladan bilib olishlari mumkin.

Avvalroq Spot, “Poytaxt bank"ning sotuvga qoʻyilganligi haqida xabar bergan edi.