Nestle kompaniyasining 60% dan oshiqroq mahsulot va ichimliklari sog’lom ovqatlanish uchun umumiy tan olingan belgilovchilar ro’yxatiga kirmaydi. Kompaniyaning ba’zi turdagi mahsulotlari hattor “sog'lom” ko’rsatkichiga kiritilmagan. Bu haqda kompaniya top-menejerlar uchun ko’rsatilgan taqdimotida aytib o’tiladi.

Nestlé oziq-ovqatlari va ichimliklarining atigi 37% (uy hayvonlari uchun oziq-ovqat, tibbiy va bolalar mahsulotlari bundan mustasno) Avstraliyaning “sog'lom ovqatlanish indeksi"dagi beshdan 3,5 ball to’plagan.

Ammo ushbu ko’rsatkichga mahsulotlarning deyarli 70 foizi, ichimliklarning 96 foizi (qahvani hisobga olmaganda) va Nestle qandolat mahsulotlarining 99 foizi erisha olmadi.

Kompaniyaning eng “sog'lom” mahsulotlariga suv va sut mahsulotlari kirgan. Ularning aksariyati 82% va 60% chegara qiymatiga mos kelishgan.

“So'nggi yigirma yil ichida biz o’z mahsulotimizdagi shakar va natriy miqdorini sezilarli darajada kamaytirdik — birgina so’nggi yetti yil ichida taxminan 14−15% gacha. Biz sog’lom ovqatlanish foyda va zavq o’rtasidagi muvozanat deb hisoblaymiz”, — deya fikr qoldiradi kompaniya.

Avvalroq, Nestle makkajo’xoridan tayyorlanadigan sut mahsulotlari brendiga asos solgan edi.