SpaceX konvertatsiya qilingan neft platformalari asosida suzuvchi kosmodrom quradi, deb xabar berdi TechCrunch. Kosmodrom kelajakda qayta tiklanadigan Starship raketasi uchun suzuvchi uchish va qoʻnish maydonchasi boʻladi.

Bu borada SpaceX 2021-yil boshida ikkita burgʻulash uskunasini sotib oldi va Mars yoʻldoshlari nomi bilan atalgan ikkita Deimos va Fobos suzuvchi kosmodromlarini qurishni boshladi.

Oldinroq SpaceX kemalarda gipertovushli sayohat qilish uchun platformalar tarmogʻini yaratish, masalan, Pekindan Nyu-Yorkka 30 daqiqada uchish rejalarini eʼlon qilgan edi, deb yozadi TechCrunch.

SpaceX Starship kemasini orbital parvozda, Super Heavy raketa kuchaytirgichini esa sinovdan oʻtkazishga tayyorlanmoqda. Shuningdek, kompaniya Raptor dvigatellari ustida tadqiqot oʻtkazishni davom ettirmoqda.

Avvalroq Spot, SpaceX ilk marta Starship raketasini muvaffaqiyatli qoʻndirganligi haqida xabar bergan edi.