Spot hh.uz sayti orqali grafik-dizaynerlar uchun Oʻzbekistondagi kompaniyalardagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot toʻpladi. Unga koʻra, hozirgi vaqtda “Hyundai Auto Asia”, “Credit Asia” va “Winch Group” kabi kompaniyalar mazkur yoʻnalishda kadr qidirmoqda. Oʻrtacha oylik maosh 3−5 million soʻmdan boshlanadi.

“Credit Asia”

Mazkur MChJ 1−3 yillik tajribaga ega, Corel Draw, After Effect va Adobe InDesign dasturlarida ishlay oladigan mutaxassis qidirmoqda.

Tashkilot ushbu lavozim uchun 4−5 million soʻmgacha maosh toʻlashga tayyor.

Batafsil

“EURASIA INTERNATIONAL MARKETING”

Ushbu kompaniya ham grafik-dizaynerlar uchun boʻsh ish oʻrni haqida eʼlon qoldirgan. Nomzod Adobe Photoshop, Corel Draw, Adobe Illustrator, Adobe After Effects dasturlarida ishlay olishi talab etiladi. Tashkilot 6/1 grafikka ega ish rejimi va bepul tushlik vaʼda qilmoqda.

Ushbu vazifalar uchun 5−7 milliongacha maosh toʻlanadi.

Batafsil

“Winch Group”

“Winch Group” MChJ toʻliq stavkaga ishlaydigan grafik-dizayner uchun vakansiya eʼlon qilgan. Nomzodning asosiy vazifasi poligrafik, POS va qadoqlash materiallarini tayyorlashdan iborat. 6/2 shaklidagi ish rejimi va qoʻshimcha bonuslar mavjud.

Maosh — $200−500 atrofida.

Batafsil

“Arhat holding”

“Arhat holding” MChJ ham munosib grafik-dizaynerlari qidirmoqda. Kompaniya uchun yangi xodim rus tilini bilishi, Adobe Photoshop va Corel Draw dasturlarida ishlay olishi kerak.

Dastlab maosh toʻlanadigan 3 oylik sinov muddati beriladi. Muddatdan soʻng esa 5 milliongacha oylik berishni vaʼda qilmoqda.

Batafsil

“Hyundai Auto Asia”

Nomzod rus tilini bilishi, Adobe Photoshop va Corel Draw dasturlarida ishlay olishi kerak.

Boʻlajak xodim kompaniyaga oid axborot-reklama xabarlarining grafik qismini tayyorlashi, shuningdek, POS materiallar ustida ishlashi talab etiladi.

Maosh masalasi suhbat paytida hal etilishi taʼkidlangan.

Batafsil


**Yuqoridagi maʼlumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez oʻzgarib turayotganligi bois maʼlumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.