Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 4 oyida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati $3,6 millionga teng boʻlgan konditsioner eksport qilgan.

Ushbu davr mobaynida Oʻzbekiston eksport qilgan asosiy davlatlar:

  • Ozarbayjon — $2,4 million
  • Rossiya — $315,9 ming
  • Turkmaniston — $304,4 ming
  • Tojikiston — $223,8 ming
  • Qozogʻiston — $159,9 ming
  • Qirgʻiz Respublikasi — $59,6 ming
  • Moldova — $38,8 ming
  • Yaman — $18,3 ming

Shuningdek, konditsioner eksport qilgan asosiy hududlar quyidagilar:

  • Toshkent shahri — $2,7 million
  • Toshkent viloyati — $796,4 ming
  • Andijon viloyati — $0,9 ming

Maʼlumot uchun, konditsioner eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda $2,5 millionga oshgan.