Hukumat qarori bilan (352-son, 04.06.2021 y.) O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro’yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar ushbu ro‘yxatga maxsus (TIF TN) kodlari kiritilgan yangi texnologik uskunalarga qo‘llaniladi.
Yangi texnologik uskunalar — “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan texnologik uskunalar hisoblanadi.
Ro‘yxatga 676 turdagi texnologik asbob-uskunalar, jumladan:
● sutga ishlov berish va uni ishlash uskunalari;
● non mahsulotlari, makaron, spagetti yoki shunga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarish uskunalari;
● qandolat sanoati, kakao kukuni yoki shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar;
● go‘sht yoki parrandani qayta ishlash uchun uskunalar;
● kalava bo‘yash mashinalari;
● avtomatik tikuv mashinalari;
● 50 kishidan ortiq, lekin 300 kishidan ko‘p bo‘lmagan yo‘lovchi o‘rindiqlariga ega bo‘lgan fuqaro yo‘lovchi samolyotlari kiritildi.
676 turdagi texnologik qurilmalar bojxona boji va QQS dan ozod etiladi
Ro’yxatda sut, non, qandolat, go’sht qayta ishlaydigan uskunalar, 300 kishigacha bo’lgan yo’lovchi samolyotlar mavjud.
Foto: iStock
«Spot»
- 882
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 23:23 Moliya
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 22 ta bank valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarini ishga tushiradi.
Kecha, 21:05 Biznes
O‘zbekiston Xitoy bilan AI-92 va undan yuqori benzin hamda dizel importini muhokama qilmoqda
O‘zbekneftgaz CNPC va PetroChina bilan Buxoro NQIZ uchun neft va kondensat yetkazib berishni oshirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Kecha, 21:00 Biznes
O‘z jamoasini shakllantirmasdan 24/7 kiberxavfsizlik: biznes uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
ONESEC IT-infratuzilmani uzluksiz monitoring qilish, axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’uliyatni taqsimlash va biznes ehtiyojlariga mos SOC modelini tanlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Kecha, 20:20 Biznes
“Biz faqat davlatga bog‘liq emasmiz”: O‘zbekneftgaz 2027-yildan davlat kafolati ostidagi kreditlardan voz kechadi
Kompaniya banklarning ishonchi ortishi va bozor narxlariga bosqichma-bosqich o‘tish evaziga o‘z kredit reytingini saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Kecha, 20:03 Iqtisodiyot
2027-yildan suvdan qarzdor iste’molchilarning elektr uchun to‘lov qilish imkoniyati cheklanadi
Qarzni undirish notarial yoki sud tartibida hal qilinadi. Bu tartib “Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Kecha, 18:22 Iqtisodiyot
Mirziyoyev TDTni tijorat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risida bitim tuzishga chaqirdi
Turkiy dunyo — 100 strategik investitsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish taklif etilmoqda.
Kecha, 18:21 Biznes
Buxoro NQIZ AI-92 va AI-95 benzini ishlab chiqarishni oshirish uchun modernizatsiya qilinadi
O‘zbekneftgaz loyiha texnik-iqtisodiy asosini (TIA) tayyorladi. Hujjat prezident tomonidan ma’qullanib, Kompleks ekspertiza markazining xulosasini oldi.
Kecha, 18:00 Ta'lim
Uklon Uzbekistan bosh menejeri Eduard Kovtun tavsiya qilgan 5 ta kitob
Eduard Kovtun Spot’ga jamoa shakllantirish va qarorlar qabul qilish jarayonini chuqurroq anglashiga yordam bergan kitoblar haqida so‘zlab berdi. Ular orasida Kobi Brayantning xotiralaridan tortib loyihalar menejmenti haqidagi romanlari ham bor.