“Paxtakor” futbol klubi jamoa o‘yinchilari, murabbiylar shtabi va rahbariyatning maoshlarini e’lon qildi.

Klub futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyatning yillik maoshi hamda mukofot pullari uchun jami 50 milliard 225 million so‘m mablag‘ sarflaydi. Bu ro‘yxatdan klub boshqa xodimlarining maoshi, stadion va boshqa xarajatlarga ketadigan mablag‘ inobatga olinmagan.

“Paxtakor” futbolchilar maoshi va mukofot pullari uchun umumiy hisobda 40 milliard 819 million so‘m sarflaydi. Shuning 16 milliard 439 million so‘mi (40%) Eren Derdiyok uchun sarflanadi. “Sherlar” ikki legioner Derdiyok va Dragan Cheranning maoshi uchun yiliga jami 19 milliard 878 million so‘m ajratadi. Ro‘yxatdagi qolgan mahalliy futbolchilar maoshi uchun esa yiliga 20 milliard 941 million so‘m ketadi.


“Paxtakor"ning murabbiylar shtabi esa umumiy miqdorda yiliga 8 milliard 525 million so‘m ajratiladi. Shuning yarmidan ko‘pi (4,42 mlrd so‘m) bosh murabbiy Piter Hyuistraga tegadi.