Shavkat Mirziyoyev boshchligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Charmsanoat” uyushmasiga 2021-yilda $221 millionlik 248 ta loyihani yakuniga yetkazish boʻyicha topshiriq berdi.

Xabarda aytilishicha, bir oyda Andijon, Shahrixon, Jizzax, Namangan, Margʻilon, Qoʻqon, Nurafshon va Ohangaron shaharlari, Urgut va Samarqand tumanlarida charm mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi.

Ushbu hududlarda loyihalarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha $50 million kredit liniyasi ajratiladi.

Xuddi shu kabi yil yakuniga qadar elektrotexnika ishlab chiqarish hajmini 15 trillion soʻmga yetkazish, buning uchun umumiy qiymati $140 millionlik 45 ta loyihani ishga tushirish boʻyicha vazifalar qoʻyildi.