Instagram barcha foydalanuvchilar uchun Stories’da iqtibos (ссылкa) qoldirish imkonini taqdim etish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda The Verge nashri xabar beradi.

Swipe funksiyasidan farqli ravishda, foydalanuvchilar obunachilar soniga bog’liq bo’lmagan holda xizmatdan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar.

Yangi funksiya xuddi swipe kabi ishlaydi. Foydalanuvchillar Stories’larga xuddi shunday iqtiboslar orqali javob qaytarishlari mumkin bo’ladi.

Bu turdagi yangilik foydalanuvchilar uchun ancha qulay bo’lib, obunachilar soni bilan bog’liq cheklanishlarni nazarda tutmaydi.

May oyida Instagram pullik obuna va NFT-token bozorini ishga tushirish istiqbollarini oʻrganayotagni haqida xabar bergan edik.