Signallarni uzatish sifati pasayishi mumkin, sababi profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ogohlantirdi. Nosozliklar 6-iyulda 30 iyulgacha davom etadi (jadval).

Raqamli televideniye qurilmalarida rejali ishlar 14-iyul soat 01:00 dan 06:00 gacha, televizion uzatgichlarda esa — 01:00 dan 10:00 gacha davom etadi.

Ayni paytda raqamli televideniye dasturlarini efirga uzatish vaqtincha toʻxtatiladi (Milliy teleradiokompaniyaning televizion dasturlaridan tashqari, biroq unda ham signalning yomonlashish xavfi bor).

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida va viloyatlarda 6−28-iyul kunlari soat 01:00 dan 10:00 gacha profilaktika ishlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu davlat, nodavlat, mahalliy, shuningdek, Uzdigital TV tijorat telekanallarining televizion dasturlarini efirga uzatadigan raqamli televideniye uzatuvchilariga tegishli.

Agar uzilishlar boʻlsa, tyuner va televizor parametrlarini oʻzgartirish tavsiya etilmaydi.