Kosonsoy tumani hokimi Bahodir Yusupov, tuman hokimining o‘rinbosari — tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Salimjonov hamda Polsha davlatining “Rolbahnk Group” Sp. z o.o. kompaniyasi rahbari Anatoliy Boyko, “Kosonsoy Dry Fruits” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Zafar Boboxonov uchrashuv o’tkazdi.

Muzokaralarda Kosonsoy tumanida 2021−2023 yillarda mahalliy hamkor “Kosonsoy Dry Fruits” mas’uliyati cheklangan jamiyati va Polshaning “Rolbahnk Group” Sp. z o.o. kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi belgilangan “Agroklaster, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish” loyihasini amalga oshirishni boshlash masalasi muhokama qilindi.

Xorijiy investorlar bilan tashkil etiladigan qo‘shma korxonada yuzdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.