Reuters bergan maʼlumotlarga koʻra, AQShning Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi dunyoning barcha aviakompaniyalari “Boeing 737” samolyotlaridagi bosim datchigini tekshirish haqida buyruq chiqardi.

Boshqarmaning aytishicha, baʼzi aviakompaniyalar samolyotlardagi datchiklar nosoz ishlayotgani haqida maʼlum qilishgan. Bosim datchiklari uchuvchilar kabinasidagi bosimning oshishini koʻrsatadi. Kabinada bosim oshishi kislorod yetishmasligi va hushni yoʻqotishga olib kelishi mumkin.

Tekshiruv butun dunyo boʻylab 9 mingta, jumladan AQShda roʻyxatga olingan 2,5 mingta “Boeing 737” samolyotini qamrab oladi.

Avvalroq, dunyodagi eng qimmat xususiy samolyotlar roʻyxati haqida maʼlum qilgandi.