2021-yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdosi $18 012,8 mln ni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan $2 150,3 mln ga yoki 13,6% ga koʻpaydi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.

Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan eksport 12,3% ga oʻsib, $7 055,5 mln ga, import esa 14,3% ga oshib, $10 957,4 ga yetgan.

2021-yilning 6 oyida 1 386,5 mln soʻmlik oltin eksport qilingan, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan $738,1 mln ga kamroq degani.

Iyun oyida qariyb $200 mln lik oltin sotilgan.

Foto: TSA. (yanvar-iyun/ $mln hisobida)

Eksport tarkibida sanoat tovarlari (28,8%), oltin (19,7%) va xizmatlar (16,1%) eksporti asosiy ulushga egaligini koʻrish mumkin.

Joriy yilning yanvar-may oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 4 885 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 36,4% ga koʻpaydi. Ular tomonidan $5 669,0 mln qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.