Prezident Shavkat Mirziyoyev “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tugatishga doir qaror qabul qildi.

Qarorga koʻra, “Universal Mobile Systems” (Mobiuz) masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi 100% davlat ulushi boʻyicha ishtirokchi huquqi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga beriladigan boʻldi.

Avvalroq Spot Mobiuz Oʻzbekistonda ilk bor eSIM texnologiyasini ishga tushirganligi haqida xabar bergan edi.