Xitoy global sunʼiy yoʻldosh internetida oʻz versiyasini qurishning birinchi bosqichini yakunladi. 26-iyul kuni mamlakatda sunʼiy yoʻldosh va yerosti stansiyalaridan foydalangan holda aloqa tarmogʻining oxirgi sinovlari boʻlib oʻtdi.

Keyingi bosqich bir necha yuz sunʼiy yoʻldoshni orbitaga chiqarish va ulardan “Xunyan” turkumini yaratish boʻladi. XXR hukumatining rejalariga koʻra, sunʼiy yoʻldoshlarni yuborish 2022-yilda boshlanadi.

cnTechPost-ning yozishicha, turkumining birinchi bosqichida uyali aloqa, internet va navigatsiya taʼminlanadi. Ikkinchi bosqich 2025-yilda yakunlanadi va dunyoning istalgan nuqtasida internetga kirish kafolatlanadi.

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi allaqachon mijozlarga internet tarqatmoqda. Hatto Germaniyadagi toshqin jabrdiydalariga bepul internet taqdim etilgan. Mask 2021-yil yozida butun dunyo boʻylab Starlink sunʼiy yoʻldosh internetiga kirishni taʼminlashga vaʼda bergandi.