Xorazm viloyatida fuqarolarni sport oʻyinlariga pul mablagʻlari va boshqa mol-mulklarini tikishga jalb etish holati aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.M. noqonuniy daromad orttirishni koʻzlab, internet tarmogʻida asosiy faoliyati tavakkalchilikka asoslangan onlayn platforma orqali fuqarolarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulklarini sport oʻyinlariga pul tikish yoʻli bilan qoʻlga kiritib, evaziga oʻzi va farzandlari nomiga 4 ta turar-joy va 3 ta avtotransport vositalarini rasmiylashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Totalizator orqali mol-mulk o’zlashtirgan shaxsga javobgarlik belgilandi
Onlayn platforma orqali fuqarolarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulklarini sport oʻyinlariga pul tikish yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs, evaziga oʻzi va farzandlari nomiga 4 ta turar-joy va 3 ta avtotransport vositalarini rasmiylashtirib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.
- 554
- Izoh
- Tavsiya qilish