Vazirlar Mahkamasining “Hayotiy muhim infratuzilmalarni qo’llab-quvvatlash dasturi: elektr energiya sohasini qo’llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori qabul qilindi.

Unga ko’ra, YeTTB O’zbekistonga soha rivoji uchun 81,6 mln yevro miqdorida kredit ajratadi.

Kredit mablag’lari 7 yil muddatga, 30 oylik imtiyozli davr bilan,yillik 1 foiz plyus 6 oylik Euribor stavkasida va majburiyat uchun komissiya 0,5 foiz stavkasida taqdim etildi.

Qaror bilan:

  • Bank kreditlaridan foydalanish jadvali;
  • qarz oluvchilar — “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi”, “Navoiy IES”, “Sirdaryo IES”, “Taxiatosh IES”, “Talimarjon IES” AJlarning qarzni qoplash bo’yicha aniq vazifalari.

Bank tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foizlar, bir martalik komissiya va boshqa xarajatlar bilan bog’liq to’lovlar tegishliligi bo’yicha IESlarning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.