2021-yilning birinchi yarmida Huawei daromadi $49,6 mlrd ni tashkil etdi, bu 2020-yilning birinchi yarmiga nisbatan 29% ga kam, deb yozadi CNBC.

Daromadning eng katta pasayishi kompaniyaning smartfonlar boʻlinmasiga toʻgʻri kelmoqda, mazkur yoʻnalish $21 mlrd defitsit bilan chiqqan.

Shuningdek, 5G texnologiyasi va boshqa telekommunikatsiya uskunalarini sotadigan boʻlinmaning daromadi ham 14% ga kamaygan.

“Bizning maqsadimiz — omon qolish va qatʼiyatli boʻlish”, — dedi Huawei bosh direktori Erik Syu.

Reuters-ning yozishicha, 2021-yil may oyida Huawei asoschisi Jen Jchenfey sanksiyalardan qochish uchun kompaniyani dasturiy taʼminot ishlab chiqarishga eʼtibor berishga chaqirdi.

2019-yilda AQSh Adliya vazirligi Huawei kompaniyasini Xitoy bilan savdo urushi paytida sanoat josusligi, texnologiya oʻgʻirlanishi va bank firibgarligida aybladi. Shu bilan birga, kompaniya Savdo vazirligining qora roʻyxatiga kiritilgan.

Avvalroq Spot Huawei super kamera bilan jihozlangan yangi smartfonlarini namoyish etganligi haqida yozgan edi.