Microsoft asoschisi Bill Geytsning sobiq turmush oʻrtogʻi Melinda French Geyts rasmiy ajrimdan soʻng sobiq turmush oʻrtogʻidan yana bir ulush — $2,5 mlrd oldi. Tadbirkor bilan xayrlashgandan soʻng uning boyligi $5,7 mlrd dan oshdi.

Shunday qilib, Geytsning sobiq xotini dunyodagi eng boy odamlardan biriga aylandi. Milliarderning oʻzi $152 mlrd kapitali bilan bu roʻyxatda toʻrtinchi oʻrinni saqlab qoldi.

Bill Geytsning investitsiyalarini boshqaruvchi Cascade Investment kompaniyasi 5-avgust kuni Amerikaning eng yirik AutoNation avtosalonining 3,3 mln dan ortiq aksiyasini Melinda Geytsga oʻtkazdi. Hozir ularning qiymati taxminan $390 mln ga teng.

Huquqiy jihatdan Melinda boshqa aktivlarni ham koʻchirishi mumkin. Er-xotin 27 yillik nikoh davomida sotib olingan mol-mulkni qanday qilib taqsimlashga qaror qilishganini oshkor qilmagan. Geyts Qoʻshma Shtatlarning eng yirik er egalaridan biri edi. Bundan tashqari, ular Vashington shtatida maydoni 6000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan uy va yuz millionlab dollarlik oʻnlab uylarga ega edi.