AQShning Missuri shtatidagi Yo Transportation Services taksi xizmatining egasi Charli Bullington haydovchilarga niqob taqqan yoki koronavirusga qarshi emlangan yoʻlovchilarni tashishni taqiqladi. Bu haqda KESQ mahalliy telekanali maʼlum qilmoqda.

Tadbirkorning aytishicha, emlangan odamlar hech qachon uning taksi kompaniyasi mashinasidan foydalanmaydi. Bundan tashqari, Bullington haydovchilarga yoʻlovchilar sayohat payti niqoblarini yechib olishlarini talab qilishga ruxsat berdi.

Bullingtonning taʼkidlashicha, u yoʻlovchilari emlanganmi va ular niqobsiz sayohat qilishga tayyormi yoki yoʻqligini safardan oldin tekshiradi. Jurnalistlarning koronavirus bilan kurashish uchun niqoblar va vaksinalarga ehtiyoj borligi haqidagi fikrga javoban — u internetda giyohvandlik xavfi haqida oʻqiganini, niqoblar xavfli bakteriyalarning koʻpayishiga hissa qoʻshishini aytgan.

“Agar kimdir odam bilan muloqot qilishda uning mikroblarini uzatayotganiga ishonsa, unga qoʻl berishni yoki teginishni unutsin”, — dedi taksi kompaniyasi egasi.

Bullington taksi bozorida 16 yildan buyon ishlaganini va yangi qoidalar uning biznesiga unchalik taʼsir qilmaganini aytdi. Oʻn yoʻlovchidan faqat uchtasi uning taksi kompaniyasi mashinasiga minishni rad etadi.

JSST tavsiyalariga koʻra, bugungi kunda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun tibbiy niqoblar kerak. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, roʻyxatga olingan barcha vaksinalar xavfsizdir va infeksiya boʻlsa, kasallikni yengil shaklda oʻtkazishga yordam beradi.