Toshkent shahridagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o’z faoliyatini boshladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Akademiyaning asosiy maqsadi — oliy o’quv yurtlari o’qituvchi va talabalarini “Security”, “Datacom / Routing & Switching”, “Storage”, “Artificial Intelligence” kabi zamonaviy yo’nalishlarda o’qitish va sertifikatlashdir.

Darslar davomida talabalar va o’qituvchilar o’quv materiallarining ma’lumotlar bazasi va laboratoriya uskunalari onlayn dasturidan, shuningdek, butun dunyo bo’ylab AKT sohasida rivojlangan homiylar tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.