“Samarqand noni” brendi tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Samarqand noni” nomining tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mahsulotning o‘ziga xosligini e‘tirof etish, milliy gastronomik merosni asrash va uning bozordagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, bu milliy brendlarni huquqiy muhofaza qilish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tovar belgisiga doir guvohnoma 10 yil muddatga beriladi.
2025-yilning fevral oyida “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.
Spot avvalroq O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini garovga qo‘yish mumkin bo‘lishi haqida yozgandi.