Windows 12.5 yoki undan keyingi versiyalari uchun iCloud ilovasida parollar funksiyasini sozlagandan soʻng, foydalanuvchilar parol yaratishi, tahrir qilishi va oʻchirishi mumkin, deya yozmoqda The Verge.
Agar iCloud parollari Windows bilan sinxronlashtirilsa, Apple-ning maxsus iCloud parollar ilovasi kerakli yangi funksiyalarni qoʻshadi. Bunda saqlangan parollarni qidirish, ularni yangilash, qoʻshish va endi kirishni xohlamagan maʼlumotlarni oʻchirish imkoni mavjud boʻladi.
Apple yangi ilovadan foydalanib iCloud parollarini qanday boshqarishni tushuntirdi. Avvaliga ilovaning “Start” menyusidan kirib, kerakli parollarni oʻzgartirish mumkin. Bu oʻzgarishlar Apple qurilmalari bilan sinxronlashtiriladi.
Maʼlumot uchun, Apple fevral oyida Chrome uchun iCloud Parol kengaytmasini chiqargandi, biroq mazkur funksiyada ayrim texnik nosozliklar aniqlangan.
Avvalroq Spot Apple-ning sentyabrda chiqadigan yangi qurilmalariga qanday funksiyalar qoʻshilishi haqida yozgan edi.