2021-yilning yanvar-iyun oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 679,9 mlrd soʻmni tashkil etdi. Bu haqda statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.

Mazkur oylarda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 1 191,5 ming tonna goʻsht, (oʻtgan yilga nisbatan 4,4% ga koʻp), 5 065,5 ming tonna sut (4,5% ga koʻp), 3 399,6 mln dona tuxum yetishtirildi.

Yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, Respublika boʻyicha jami yetishtirilgan goʻshtning 12,3% qismi — Toshkent viloyati, sutning 13,0%i Samarqand viloyati hamda tuxumning 18,0%i — Toshkent viloyati hissasiga toʻgʻri kelmoqda.